O‘zbekistonliklar bu yil xorijiy avtomobillar uchun qancha sarflagani hisoblab chiqildi

O‘zbekistonliklar bu yil xorijiy avtomobillar uchun qancha sarflagani hisoblab chiqildi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi 90 million dollarga o‘sdi, deb xabar bermoqda Statistika davlat qo‘mitasi.

Yuk avtomobillari importi 66,6 foizga o‘sgan, qishloq xo‘jaligida foydalaniluvchi ransport vositalari importi esa 8 foizga kamaygan.

Yanvar-fevral oyida mamlakatga 90,5 million dollarlik avtomobillar import qilingan, bu raqamlar o‘tgan yilning yanvar-fevral oylariga qaraganda 4 barobarga ko‘pdir. Solishtirish uchun, 2018 yilda yengil avtomobillar importi 319 mln dollarni tashkil etgan.

Xorij avtomobillari importining o‘sishi yanvar oyida avtomobillarni mamlakatga olib kirish uchun belgilangan davlat bojlariga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng sezilarli darajani qayd etgan.

repost.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!