Jizzaxda 23 mln 936 ming so‘mlik baliqlar noqonuniy ovlandi

Jizzaxda 23 mln 936 ming so‘mlik baliqlar noqonuniy ovlandi

Jizzaxda 34 bosh baliq ovlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazilgan.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, Arnasoy bo‘limida o‘tkazilgan reyd davomida, SH.Rashidov tumani, "Qatortol" MFYda yashovchi fuqaro J. Z. tomonidan 1 dona rezina qayiq va 65x65 mm o‘lchamdagi leskali to‘rlardan foydalangan holda noqonuniy baliq ovlangani ma’lum bo‘lgan.

Huquqbuzarlar jami 34 bosh — 20 bosh zog‘ora (sazan), 6 bosh oqsila (sudak), 4 bosh do‘ngpeshona (tolstolob) va 4 bosh tovonbaliq (karas) baliqlarini noqonuniy ravishda ovlashgan. Ular hayvonot dunyosiga jami 23 mln 936 ming so‘m miqdorida zarar yetkazishgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida Forish tuman sudiga yuborilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!