O‘zbekistonda 100 yoshli pensionerlarga qancha qo‘shimcha to‘lov belgilangan?

O‘zbekistonda 100 yoshli pensionerlarga qancha qo‘shimcha to‘lov belgilangan?

Pensiya jamg‘armasi qonunchilikda yoshi 100ga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qo‘shimcha to‘lov amalga oshirib kelinayotganini ma’lum qildi.  

Xabar berilishicha, 2015 yilning 1 mayidan boshlab 100 yil umr ko‘rgan fuqarolarga har oyda qo‘shimcha to‘lov to‘lash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur to‘lov miqdori 262 ming 470 so‘mni tashkil etadi.

Bunda:

  • 100 yoshga to‘ladigan fuqarolarning pensiyasiga qo‘shimcha to‘lov shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi;
  • qo‘shimcha to‘lovni to‘lash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida yoshga doir eng kam pensiya oyiga 513 ming 350 so‘m qilib belgilangan.

Jamg‘armaning ma’lum qilishicha, ayni paytda respublikadagi 100 yoshga to‘lgan pensionerlar soni 683 nafarni tashkil etadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!