O‘zbekiston va Germaniya 8 mlrd yevrolik loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston va Germaniya 8 mlrd yevrolik loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkelning muzokaralari oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
Unda tomonlar o‘rtasida 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani qayd etilgan.

Tomonlar investisiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti tashrifi arafasida o‘tkazilgan biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani, boshqa bitimlar bo‘yicha ishlar davom etayotgani ma’lum qilindi , deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, nemis tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar tarmog‘ini kengaytirish, Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlangan.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!