"O‘zbek" jaziramasida avtoulovlarda sayohat qilish qoidalari

"O‘zbek" jaziramasida avtoulovlarda sayohat qilish qoidalari

Avtoulov mutaxassislari issiq havoda mashinani sayohatga qanday tayyorlash lozimligini aytib berishdi.
Biz "o‘zbek" jaziramasida avtoulovlarda sayohat qilishning nuanslari haqida gapirib beramiz.

Mamlakatda jazirama ob havo hukm surmoqda, bu haydovchilar uchun juda xavfli. Mutaxassislar haydovchilar uchun bunday iqlim sharoitida sayohat qilishda foydali bo‘ladigan bir qator tavsiyalarni sanab o‘tdilar.

"Oldindan siz kondisioner tizimlari va elektronikaning qanday ishlashini ko‘rishingiz kerak, yo‘lda qaynab ketmasligi uchun batareyaning holatini tekshiring," - so‘zlarini keltiradi Autonews ekspertlari.

Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, alkogolsiz ichimliklar va ko‘proq miqdorda mineral suvlarni olishni unutmaslik kerak. Agar haydovchi haydash paytida bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi yoki shunchaki holsizlikni sezsa, u holda bu holat normallashmaguncha haydashni davom ettira olmaydi.

Eng yaxshisi soyada bir joyda qolib, o‘zingizni toza havo bilan ta’minlang. Sog‘lig‘ingiz yomonlashgan holatida siz tez yordam chaqirishingiz yoki boshqa yo‘l harakati ishtirokchilaridan yordam so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, siz uyali telefon quvvatlanganligiga, elektr quvvatlagich va kerakli dori-darmonlarni olganingizga ishonch hosil qilishingiz kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!