Usmonxon Alimovning ahvoli og‘irmi?

Usmonxon Alimovning ahvoli og‘irmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda idora Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog‘liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.

«Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatamiz», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!