Uralda biznesmenning o‘g‘li “Neksiya”ni metallomga aylantirdi (VIDEO)

Uralda biznesmenning o‘g‘li “Neksiya”ni metallomga aylantirdi (VIDEO)

Rossiyaning Ural o‘lkasida traktor bilan "Nexia"ni pachoqlash holati aks etgan video internetda keng tarqaldi, "KP" nashriga asosan.  

Sverdlovsk viloyati Kalinovo posyolkasida olingan videoda mahalliy biznesmenning Dmitriy ismli o‘g‘li traktor bilan "Nexia 2" avtomobilini pachoqlab bir uyum metallomga aylantirib tashlagani aks etgan. 

Jurnalistlar voqea sababini bilish maqsadida Dmitriy bilan bog‘lanishganda u - Moshina meniki, nima xohlasam shuni qilaman, deb javob qaytargan. Shuningdek voqea sodir bo‘lganda u mast bo‘lmaganini aytgan. 

Shundan so‘ng jurnalistlar uning otasi, biznesmen Eduard Odnoralenko bilan bog‘lanishgan. Ma’lum bo‘lishicha pachoqlangan avtomobil uning Nikolay ismli haydovchisiga tegishli bo‘lgan.  

- Nima ham derdim... Ikki ahmoq! Bittasi yosh ikkinchisi kattaroq. Shunday yo‘l bilan "layk" to‘plamoqchi bo‘lishibdi", - deb javob qaytargan Odnoralenko.

Biznesmenning aytishiga ko‘ra, "Nexia" egasi va uning o‘g‘li orasida hech qanday mojaro bo‘lmagan. Ushbu moshinani Nikolay o‘tgan yili sotib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!