Ukrainada hosil deyarli ikki barobarga qisqaradi - Taras Visoskiy

Ukrainada hosil deyarli ikki barobarga qisqaradi - Taras Visoskiy

Bu haqda Ukraina qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Taras Visoskiy Reuters agentligiga ma’lum qildi. O‘tgan yili Ukrainada 86 million tonna hosil yig‘ilgan bo‘lsa, bu yil uning miqdori faqat 48,5 million tonna bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Ma’lumot berilishicha, ushbu vaziyat urush tufayli ekilgan yerlar miqdori chorak qismga qisqargani oqibatida sodir bo‘ladi.

Bundan tashqari, hosilni eksportga jo‘natishning imkoni yo‘qligi sabab respublikada 30 million tonna miqdoridagi g‘alla ortib qolishi mumkin va bu byudjet daromadlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

18 ming tonna Ukraina makkajo‘xorisi ortilgan kema Polsha orqali Ispaniyaga jo‘natilgan. Bu urush boshlanganidan beri jo‘natilgan ilk yukdir. Endi Ukraina eksport uchun donlarni Ruminiya va Polsha orqali jo‘natadi.

Ukraina portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha muzokaralar hamon davom etmoqda. Ukrainadan portlarini minadan tozalash talab qilinmoqda, biroq mamlakat rasmiylari Rossiya keyinchalik ularga dengizdan hujum qilishi mumkinligidan qo‘rqishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!