Twitter ulkan “tozalash”ni amalga oshiradi. Akkauntni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

Twitter ulkan “tozalash”ni amalga oshiradi. Akkauntni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

Twitter ulkan “tozalash” ishlarini amalga oshiradi. Shu yo‘l bilan nofaol va vafot etgan foydalanuvchilarning akkauntlari o‘chirib tashlanadi. Bu haqida Engadget portali xabar berdi. Xo‘sh, o‘z akkauntini saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

Kompaniya mutasaddilarining ma’lum qilishicha, foydalanuvchi agar o‘z akkaunti o‘chirib tashlanmasligini xohlasa 2019 yil 11 dekabrgacha avtorizasiya(qayta ro‘yxat)dan o‘tishi kerak. Bu o‘z profiliga yarim yildan ko‘p vaqt kirmaganlarga taalluqli.

Xabar berilishicha, bu kompaniya tarixidagi bu kabi birinchi “tozalash”dir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!