Turkiya sudi Aya Sofiyaga masjid maqomini bermadi

Turkiya sudi Aya Sofiyaga masjid maqomini bermadi

Turkiya Oliy sudi Istanbuldagi Aya Sofiya muzeyiga masjid maqomini berish haqidagi bir guruh kishilarning talabini rad etdi. Bu haqda islam-today nashri xabar berdi.

Anadolu agentligining ma’lum qilishicha, bunday qaror ariza beruvchilar tomonidan rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli qabul qilingan.

Aya Sofiyaga 1934 yilda muzey maqomi berilgan bo‘lib, Turkiya qonunchiligiga ko‘ra muzeyda diniy marosimlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi.

Ma’lumot uchun, Aya Sofiya muzeyi IV asrda qurilgan bo‘lib, 1453 yilga qadar Muqadda Sofiya cherkovi sifatida faoliyat yuritgan. Vizantiya imperiyasi arxitekturasining noyob namunasi sifatida qayd etiladi. Ushbu cherkov Konstantinopol shahri ishg‘ol qilingach masjidga aylantirilgan edi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!