Turkiya Oyga uchirish uchun mo‘ljallangan gibrid raketani ishlab chiqdi

Turkiya Oyga uchirish uchun mo‘ljallangan gibrid raketani ishlab chiqdi

Turkiya gibrid raketa ishlab chiqdi, uni Oyga yuboriladigan missiyaga jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi «RBK» Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankka tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2023 va 2028 yillarda. Birinchi bosqich doirasida Anqara Oyga uchuvchisi kosmik qurilmani olib chiqadi. «Erga yaqin orbitaga birinchi parvozni xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshiramiz. Ammo bizning qurilma Yerga yaqin orbitaga o‘ziga xos milliy raketamiz vositasida yetkaziladi», — dedi u.

Vazir 28 fevral kuni Delta V Space Technologies Inc. kompaniyasi ob’ektlariga tashrif buyurdi, u 2017 yildan buyon koinot sohasidagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya gibrid dvigatellarning o‘ziga xos texnologiyasini ishlab chiqqan.

9 fevral kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya milliy kosmik dasturini taqdim etdi, u o‘nta banddan iborat. Uning doirasida Anqara o‘z kosmodromini qurib, koinotga turk kosmonavtini uchirmoqchi, shuningdek, harbiy va fuqarolik ehtiyojlari uchun yangi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirmoqchi. «Dasturning asosiy va eng muhim missiyasi — respublikamizning yuz yilligi nishonlanadigan yilda (2023 yil) Oyga birinchi qo‘nishni amalga oshirish», — dedi Erdo‘g‘on.

Varankning so‘zlariga ko‘ra, dastur Turkiyani «kosmik sohada oliy liga»ga olib chiqishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on SpaceX rahbari Ilon Mask bilan telefon orqali suhbat o‘tkazib, ular Turkiyadagi davlat va xususiy kompaniyalar bilan SpaceX’ning turli sohalarda, birinchi navbatda kosmik texnologiyalar hamda sun’iy yo‘ldoshlar qurish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!