Trampning maslahatchilari dollardan uzoqlashgan davlatlarga nisbatan sanksiyalarni muhokama qilmoqda

Trampning maslahatchilari dollardan uzoqlashgan davlatlarga nisbatan sanksiyalarni muhokama qilmoqda

AQShning sobiq prezidenti va Amerika yetakchisi lavozimiga nomzod Donald Trampning maslahatchilari tashqi savdoda AQSh dollaridan foydalanishdan bosh tortgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

«Dollardan boshqa valyutalarda o‘zaro savdoni faol olib boradigan ham ittifoqchilar, ham raqiblar uchun jarima variantlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu choralar eksport nazorati, valyuta manipulyasiyasi uchun ayblovlar va tariflarni o‘rnatishni o‘z ichiga olishi mumkin», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, agar Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, uning jamoasi dedollarizasiya jarayoni doirasida o‘z savdolarida milliy valyutalardan foydalanishni faol oshirayotgan BRIKS mamlakatlarini nishonga olishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!