Toshkentda avtoustaxona xodimi do‘pposlandi

Toshkentda avtoustaxona xodimi do‘pposlandi

Toshkentda avtoustaxona xodimi do‘pposlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 10 sentyabr kuni Bektemir tumanida joylashgan transport vositalari ustaxonasida Qibray tumanida yashovchi 27 yoshli X.J. va avtoustaxonaning 25 yoshli ishchisi B.A. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Natijada B.A.ga tan shikastlari yetkazildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, B.A.ga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston JKning 277-moddasi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!