Toshkent pedagogika universiteti jamoasi poytaxt obodligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda

Toshkent pedagogika universiteti jamoasi poytaxt obodligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda

Yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti hamda mustaqilligimizning 27 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan umumxalq hashariga har bir yurtdoshimiz o‘z hissasini qo‘shish harakatida. “Yurt obodligiga o‘z hissangni qo‘sh!” umumiy g‘oyasi ostida tashkillashtirilgan umumxalq hasharida Toshkent Davlat pedagogika universiteti faol ishtirok etmoqda.

Bugun, 18 avgust kuni universitet faollari bir vaqtning o‘zida besh hududda tozalik-obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi. Universitet binosi, poytaxtning Muqumiy ko‘chasida joylashgan talabalar turar joylari, “G‘afur G‘ulom” istirohat bog‘i hamda “Milliy stadion” atrofi hududlari, universitet binosining Yakkasaroy tuman hududida boshlangan hashar ishlarida OTM xodimlari hamda faol talabalardan iborat guruh ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordi.

Hashar avvalida universitet hududida prorektorlar tomonidan ramziy ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Universitet tomonidan o‘stirilgan 100 tup kashtan daraxti ko‘chatlari markaziy bino hududiga ekildi.

Hashar doirasida universitetning Yoshlar ittifoqi faollari Chilonzor tumanida joylashgan Qozirobod qabristonida tozalash va obodonlashtirish ishlarini o‘tkazdi. Shuningdek, belgilangan hududlarga manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.

Ertaga davom etishi kutilayotgan hasharning birinchi kunida jami 750 dan ortiq kishi ishtirok etdi, 32 ga  maydonni obodonlashtirildi. Yurtimiz obodligi, shaharlarimiz ko‘rkamligiga hissa qo‘shish har birimizning burchimizdir.

Universitet matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!