Toliblar hukumat sifatida barcha standartlarga to‘la mosligini e’lon qildi

Toliblar hukumat sifatida barcha standartlarga to‘la mosligini e’lon qildi

"Tolibon"* harakatining fikricha, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonning qonuniy hukumati sifatida tan olinish uchun barcha zarur shartlarni bajargan.
Bu haqda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy bayonot berdi. Muttakiy toliblar delegasiyasi tarkibida "moskva formati"dagi majlisda ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib kelgan.
"Nega ular bizni rasman tan olmasligi kerak? Biz Afg‘onistonning butun hududini nazorat qilamiz va barcha shartlarni bajardik, qolaversa, hukumat sifatida barcha standartlarga mos kelamiz", - degan Muttakiy jurnalistlarga.

Toliblar Afg‘onistondagi vaziyat boshqa mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solmasligi uchun olgan majburiyatlariga sobit ekanliklarini ham ta’kidlab o‘tganlar.
"So‘nggi 45 yil ichida birinchi marta Afg‘oniston tahdidlardan himoyalangan. Biz Afg‘oniston hududidan boshqa mamlakatlar xavfsizligiga chang solish uchun foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olgan majburiyatlarimizga sobitmiz", - degan Muttakiy.
Afg‘oniston TIV rahbari v.b. so‘zlariga ko‘ra, toliblar o‘z amaliy harakatlari bilan mamlakat hududi uchinchi mamlakatlarga qarshi ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmasligini isbotlaganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!