Superliga. «Paxtakor» derbida ishonchli g‘alaba qozonib, yetakchiga aylanib oldi

Superliga. «Paxtakor» derbida ishonchli g‘alaba qozonib, yetakchiga aylanib oldi

O‘zbekiston chempionatida 1-turning oxirgi o‘yini ham yakunlandi. Turni poytaxtning Paxtakor va Lokomotiv jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlab berdi. Paxtakor hamshaharini 3:1 hisobida yengdi va chempionat yetakchisiga aylanib oldi. O‘yin qahramoni bo‘lgan Dragan Cheran super gol urganini va Igor Sergeev nihoyat katta o‘yinda o‘zini ko‘rsatganini ta’kidlash kerak.

Superliga-2019. 1-tur

Paxtakor - Lokomotiv 3:1

Toshkent. Paxtakor stadioni, 17 555 tomoshabin.

Gollar: Igor Sergeev (53), Dragan Cheran (62 penaltidan, 63) Arslonmurod Omonov (73).

Paxtakor : Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 80), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Siddiqov, 88), Dragan Cheran, Doston Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev, 72), Igor Sergeev.

Lokomotiv : Javohir Ilyosov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov, Yovan Jokich, Diyor Turopov, Jamshid Iskanderov (Arslonmurod Omonov, 62), Sardor Mirzayev, Aziz Amonov (Husniddin G‘ofurov, 46), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevas, 68).

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!