So‘m iyun oyidan beri birinchi bor mustahkamlandi

So‘m iyun oyidan beri birinchi bor mustahkamlandi

21 avgust kuni valyuta birjasidagi savdolarda milliy valyuta 1 AQSh dollari uchun 9379 so‘mgacha mustahkamlandi. Bu haqda birja ma’lum qildi.

Oxirgi marta so‘m iyul oyida 1 AQSh dollari uchun 8659 so‘mgacha mustahkamlangan edi. Shundan keyin eng yuqori darajaga yetib, 20 avgustda 1 AQSh dollari 9384 so‘mdan sotildi. Savdolar hajmi birdaniga 154 million dollargacha oshdi. Bunday holat iyun oyidan beri kuzatilmagan edi.

20 avgust kuni Markaziy bank bozorda mustaqil shakllanishi uchun valyuta kurslarini “qo‘yib” yubordi.

MB raisi M.Nurmurotov Markaziy bank tomonidan valyuta uchun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranishi bekor qilingani, endi kurs faqat sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan shakllanishini ma’lum qildi. Buni ob’ektiv iqtisodiy zarurat deb aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!