Sud va tergov harakatlarini inkor qilib kelayotgan Atambayev Qo‘y-tosh voqealari bo‘yicha sudda ishtirok etmoqchi

Sud va tergov harakatlarini inkor qilib kelayotgan Atambayev Qo‘y-tosh voqealari bo‘yicha sudda ishtirok etmoqchi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qo‘y-Toshdagi voqealar bo‘yicha sud jarayonida ishtirok etadi, bu haqda Sputnik Qirg‘izistonga Atambayevning advokati ma’lum qilgan.

Advokat sudyadan sud jarayonida Atambayev ishtirok etishi uchun uning yetkazilishini ta’minlashni so‘ragan. Sudya Marat Sidikov advokatning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Sobiq davlat rahbari 2 oktyabr kuni sudga olib boriladi.

Atambayev yil davomida sud va tergov harakatlarini inkor qilib, ro‘y berayotgan voqealarni "hukumat uni ham jalb qilmoqchi bo‘layotgan o‘yin" deya atab, barcha savollarni javobsiz qoldirib kelayotgan edi.

Atambayevning fikricha, unga immunitet beradigan sobiq prezident maqomini undan noqonuniy olib tashlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!