Sobiq davlat amaldori tungi klub yaqinida ikki qizni urib yubordi (video)

Sobiq davlat amaldori tungi klub yaqinida ikki qizni urib yubordi (video)

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi mast bo‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tishni xohlamagan.

Avtomobil Qozog‘iston shimolidagi Petropavlovsk shahridagi tungi klub yaqinida ikkita qizni urib yubordi. Bu haqda "Petropavlovsk.news" xabar bermoqda. Baxtsiz hodisa video tasvirga ham olingan.

Video tasvirlarda siz ikki qizning yigitlar oldidan ketayotganini va shu daqiqalarda ularni “Lexus” mashinasida urib yuborishganini ko‘rishingiz mumkin. Aniqlanishicha, YTHni sodir etgan shaxs viloyatning davlat daromadlari bo‘limi sobiq tergovchisi Alisher Seytkereev ekan.

Hodisa 15 sentyabr tunida yuz berdi. Qizlarning holati shifokorlar tomonidan o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!