Shirinlikxo‘r yozuvchilarni bilasizmi?

Shirinlikxo‘r yozuvchilarni bilasizmi?

Gogol Parijning Tortoni nomli muzqaymog‘iga oshufta bo‘lgan. Shuningdek, konfet, pirojniylarni ham xush ko‘rgan. Konditer do‘konlaridan olma yoki murabboli pirojki harid qilishni yoqtirgan.

Agata Kristi ham har kechlik ovqatdan so‘ng qaymoqli biskvit yegan. Pushkin bo‘lsa shaftoli, quymoq, kartoshkali pechenye, klyukvali suxarini sevgan. 

Chexovga ham shirinlik yoqqan. Malina, murabbolar, quymoq, pechenyeni suygan va maktublarida bu haqda yozgan ham: quymoqlarni faqat rus ayoli tayyorlagan ma’qul deya.

Dostoyevskiy juda shirinlikxo‘r bo‘lgan. Biskvitli pirojniy, gilosli pirog, bulochka, quruq mevalar, issiq qahvani ko‘p iste’mol qilgan.

Tolstoyning ham ojiz tomoni shirinlik edi. Yasnaya Polyanada unga o‘rik, gilos, olma, shaftolili murabbo va pastilalar tayyorlashardi. 1867 yilda xonadonida yong‘in sodir bo‘lganida shunday yozadi: "Romlar chirsillardi, derazalar sinardi, bunga qarash og‘riqli edi. Eng og‘riqlisi, oshxonadan shaftoli murabbosining isi kelardi". 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!