Shavkat Mirziyoyevning farmoni: pensionerlarning 20 mlrd so‘mlik qarzlaridan voz kechiladi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni: pensionerlarning 20 mlrd so‘mlik qarzlaridan voz kechiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 16,5 ming pensionerning ortiqcha hisoblangan pensiya bo‘yicha 20 mlrd so‘mlik qarzlaridan voz kechilmoqda.

Shuningdek, ishlovchi pensionerlarga 1 maydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pensiya jamg‘armasi orqali pensiya to‘lanadi.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrgacha O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi, "O‘zbekiston Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondiga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy yordamga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga beg‘araz berilgan pul mablag‘lari, tovarlar va xizmatlar:

✅ daromad solig‘ini hisoblashda ushlab qolinadigan xarajatlar sifatida qaraladi;

✅ QQSdan ozod etiladi;

✅ aylanmadan olinadigan soliqqa tortish ob’ektiga kiritilmaydi.

❗️Ijtimoiy yordamga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilganlar O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi, "O‘zbekiston Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi, yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz yordam olganda  jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!