Shanxayda chekish bo‘yicha eng qimmat jarima yozildi

Shanxayda chekish bo‘yicha eng qimmat jarima yozildi

Shanxayning Minxan tumanidagi gullar va parrandalar bozori ma’muriyati jamoat joyida chekishni taqiqlash qoidasini buzgani uchun 30 ming yuan (taxminan 4.200 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortildi.

Bu haqda mahalliy “Shine” gazetasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu 2017 yil 1 mart kuni Shanxayda jamoat joylarida chekishni to‘liq taqiqlashdan keyin birinchi marta chiqarilgan eng katta jarima.

Auditorlik tekshiruvi aprel oyida bozorda ko‘plab qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi xabar mahalliy televideniye orqali namoyish etilganidan keyin o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, tekshiruvchilar chekishni taqiqlovchi belgilar yo‘qligini, chekish taqiqlangan ma’muriy zonada esa axlat qutilari o‘rnatilgani shuningdek, chakana savdo do‘konlarida ko‘plab sigaret qutilari borligini aniqlashgan. Mumkin bo‘lgan maksimal jarimani tayinlash to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yili ham aynan shu bozorda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 2,5 ming yuan (362 dollar) miqdorida jarimaga tortilgani hisobga olingan holda qabul qilingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!