Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma’lum. U 41 jangda g‘alaba qozongan

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma’lum. U 41 jangda g‘alaba qozongan

Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Shu kuni hamyurtimizga meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 4 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.

27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!