Senat qarori: to‘yxonalar rejalashtirilayotgan oilaviy tadbirlar haqida ikki kun oldin ichki ishlar organiga ma’lumot beradi

Senat qarori: to‘yxonalar rejalashtirilayotgan oilaviy tadbirlar haqida ikki kun oldin ichki ishlar organiga ma’lumot beradi

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror tasdiqlandi.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzoning ta’kidlashicha, aksariyat to‘yxona egalari ixcham va kamxarj to‘y o‘tkazish niyatida bo‘lgan fuqarolardan oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda to‘y xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda.

Yangi qaror bo‘yicha esa ichki ishlar organlari oilaviy tadbirlarni o‘tkazishga oid qonun hujjatlari talablariga to‘yxona, kafe va restoranlarda rioya etilishini nazorat qiladi hamda ushbu talablar buzilganligi aniqlangan holatda tegishli shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

To‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati rejalashtirilayotgan oilaviy tadbirlar haqida ushbu tadbirlar o‘tkazilishidan kamida ikki kun oldin tegishli hududdagi ichki ishlar organiga yozma ravishda xabar berishi lozim.

Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar, boshqa jamoat tashkilotlari, mahalliy Kengashlar o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizomga amal qilinmagan holatlar yuzasidan tegishli jazo choralarini ko‘rish uchun vakolatli organlarga takliflar kiritib borishi belgilangan.  

Manba:kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!