Samarqandda ham 10 nafar bemor sog‘aydi

Samarqandda ham 10 nafar bemor sog‘aydi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 10 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ularning 4 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. 

❗️Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori L. To‘ychiyev boshchiligida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi V.Barotova, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bosh mutaxassisi L.Kudasheva, Sog‘liqni saqlash  vazirligi bolalar bosh infeksionisti G.Xudoyqulova hamda epidemiolog va infeksionist shifokorlardan iborat maxsus guruh viloyatda faoliyat boshlashgan edi. 
Ular ayni paytda viloyatning “qizil” hududlari: Samarqand shahri, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarni samarali davolash borasida mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishmoqda.

❗️Ushbu tizimli chora-tadbirlar natijasida viloyatda koronavirusga chalingan ko‘plab bemorlar samarali davolanib chiqishmoqda. 

❗️Ayni paytda viloyatda jami kasallik qayd etilganlar soni 363 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning o‘zida 17 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 309 nafarga yetib, davolanayotganlar 52 nafar bo‘lib turibdi.

‼️Shunday qilib, bugun 106 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3014 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!