Saida Mirziyoyeva: Muammolar yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi

Saida Mirziyoyeva: Muammolar yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi

12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonovning o‘rinbosari etib tayinlangan Saida Mirziyoyeva Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida o‘z rasmiy sahifalarini ochgan edi.

U bugun ijtimoiy tarmoqlarda yangi xabar yozib qoldirdi.

Bugun Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.

Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman , deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!