Sadir Japarov: "Prezident saylovida qatnashishim uchun vakolatlarim avtomatik ravishda parlament spikeriga o‘tadi"

Sadir Japarov: "Prezident saylovida qatnashishim uchun vakolatlarim avtomatik ravishda parlament spikeriga o‘tadi"

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarovning prezidentlik vakolatlari parlament spikeriga o‘tadi. Bu haqda Japarov Bishkekda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Prezident saylovida qatnashish uchun vakolatlarimni topshirishim kerak. Vakolatlar avtomatik ravishda parlament spikeri Talant Mamitovga o‘tadi", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Konstitusiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!