Rossiyada prokuror yordamchisini bo‘g‘izlamoqchi bo‘lishdi (VIDEO +18)

Rossiyada prokuror yordamchisini bo‘g‘izlamoqchi bo‘lishdi (VIDEO +18)

Rossiyada, Cherkesskda prokuror yordamchisiga hujum qilindi. Notanish erkak uni bo‘g‘izlamoqchi bo‘ldi.

19 aprel kuni kechqurun prokuror yordamchisi Arsen Chagarov Cherkesskdagi muassasalardan birida kechki ovqatni yeyayotganda kutilmaganda noma’lum erkak unga orqadan hujum qilib, tomog‘ini kesmoqchi bo‘ldi. Ammo ulgurmadi, tajovuzkor hibsga olingan, Chagarov yengil jarohatlar bilan qochib qutulgan.

Hibsga olingandan so‘ng, tajovuzkor Chagarovga 20 rubl tufayli hujum qilganini aytdi, ya’ni u prokuror yordamchisidan pul so‘ragan, ammo bermagan. Ehtimol, hibsga olingan kishi huddi shunday yolg‘on gapirib, hujumning asl sababini yashirishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, chunki Chagarov tajovuzkor undan hech narsa so‘ramaganligini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!