“Reuters”: “Isroil aybsizligini Rossiyaga isbotladi”

“Reuters”: “Isroil aybsizligini Rossiyaga isbotladi”

Rossiya harbiy havo kemasi Latakiya shahri yaqinida Suriya tomonidan urib tushirilgan va bunda Isroilga bosh aybdor sifatida qaralayotgandi.
 
Kecha, 21 sentyabr kuni Isroil Respublikasi Suriyadagi Rossiyaning Il-20 samolyotining urib tushirilishida Isroil harbiylari aybdor emasligini ibotlovchi hujjatlarni rasmiy Moskvaga taqdim etdi. Bu haqda “qalampir” xabar bermoqda.
 
Harbiy havo kuchlari rahbari va boshqa ofiserlar boshchiligidagi Isroil delegasiyasi falokat yuzasidan kerakli hujjatlarni olib, zudlik bilan Moskvaga borgan.
“Biz samolyot urib tushirilishida Suriya to‘g‘ridan to‘g‘ri aybdor ekanligini isbotladik”, deya xabar bergan Isroil harbiylari.
 
Mazkur holat yuzasidan avvalroq, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘z munosabatini bildirgandi. Prezideng ushbu halokatni Su-24 qiruvchisi halokati bilan taqqoslamaslikni tavsiya qilgan.
 
“O‘shanda turk qiruvchisi bila turib bizning samolyotni urib tushirgandi. Bu vaziyat kutilmagan fojiaviy zanjirga o‘xshaydi. Negaki, Isroil samolyoti biznikini urib tushirmagan”, degan Putin Vengriya Bosh-vaziri Viktor Orban bilan bo‘lgan muzokaralar yakunida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!