Qur’on maktabida yong‘in! Hayotdan ko‘z yumganlarning 27 nafari bolalar

Qur’on maktabida yong‘in! Hayotdan ko‘z yumganlarning 27 nafari bolalar

Liberiya poytaxti Monroviya yaqinidagi Qur’on maktabida yong‘in kelib chiqishi oqibatida kamida 26 bola va 2 nafar katta yoshli inson hayotdan ko‘z yumdi

Yong‘in 18 sentyabr kuni tunda ro‘y bergan.

Liberiya prezidenti Jorj Vea voqea joyiga keldi. “Men o‘tgan tunda maktabni qoplab olgan yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumgan bolalar uchun ibodat qilaman. Bu qurbonlarning yaqinlari va butun Liberiya uchun og‘ir damdir. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga eng chuqur hamdardligimni bildiraman”, – deb yozgan u Twitter-akkauntida.

Fojea sabablari hozircha aniq emas. Tekshiruv ishlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!