Qurollangan shaxs butun boshli avtobusni garovga oldi

Qurollangan shaxs butun boshli avtobusni garovga oldi

Ukrainaning Lusk shahrida qurollangan shaxs avtobusni portlatib yuborish bilan tahdid qilmoqda, u 20 ga yaqin yo‘lovchini garovga oldi.

Avtobus shahar markazidagi Teatralnaya maydonida to‘xtab turibdi, hudud maxsus kuchlar tomonidan qurshab olingan. Derazalardan biri singan, ammo pardalar yopilgan, zarbalar eshitilmoqda. Bundan tashqari, jinoyatchi shaharda yana bir o‘g‘irlangan avtobus borligini da’vo qilmoqda.

Erkak aniq talablar qo‘ymagan, uning shaxsiyati va maqsadlari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!