Qozog‘istonda non narxi ko‘tariladi

Qozog‘istonda non narxi ko‘tariladi

Qozog‘istonda non narxi oshadi, deb ma’lum qildi mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxon Omarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir nonning narxi hududga qarab 75-78 tengega teng.

“O‘ylaymanki, narx oshishi u qadar katta bo‘lmaydi - 80-82 tenge atrofida", - dedi vazir.

Shu bilan birga, u bu narxlarning biroz ko‘tarilishi ekanligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, non narxi keskin ko‘tarilishining oldini olish uchun “Prodkorporasiya” AJ bilan barqarorlashtiruv jamg‘armalaridan don sotib olinmoqda. Bundan tashqari, har bir viloyat hokimligi barqarorlashtiruv jamg‘armalaridan don va un xarid qilmoqda.

“Prodkorporasiya” har yili, fevraldan iyulga qadar, ichki bozorni barqarorlashtirish uchun 150-250 ming tonna donni kombinatlar o‘rtasida sotadi.

“Non narxi keskin ko‘tarilmasligi uchun bu yil 150 ming tonna g‘alla ichki bozorga sotildi”, - deb qo‘shimcha qildi amaldor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!