Qashqadaryoda “GTL” zavodida ishchilar ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi. Energetika vazirligi voqeaga oydinlik kiritdi

Qashqadaryoda “GTL” zavodida ishchilar ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi. Energetika vazirligi voqeaga oydinlik kiritdi

Bugun, 21 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering” kompaniyasi ishchilari namoyishlari aks etgan video tarqaldi.

Videolarda xizmat kiyimidagi yuzlab ishchilar zavod hududi bo‘ylab harakatlanishi, noroziliklarini turli shakllarda ifoda qilishini ko‘rish mumkin.

Videolardan birida zavod hududida yong‘in chiqqani va osmonga qora tutun ko‘tarilgani aks etgan.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi ob’ektlaridan birida ishchi norozilik namoyishini uyushtirib, kompaniya mulkiga zarar yetkazgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 21 oktyabr kuni ertalab soat 7:30da ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik sodir bo‘lgan. Oqibatda ular kundalik ovqatlanishga kira olmagan. Bu esa katta norozilikni keltirib chiqargan.

Xabarda yozilishicha, ayni paytda texnik xodimlar ishchi guruhi monoblok tizimidagi nosozlikni tuzatmoqda.

“Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Enter Engineering Pte. Ltd” rahbariyati tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun voqea joyiga uchib ketdi”, - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!