Qalblarga shodlik ulashib…

Qalblarga shodlik ulashib…

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan 2018 yilning 30 noyabrida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tadbir tashkil etildi. Unda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizning ko‘nglini olish, yuzlariga tabassum ulashish maqsadida Bo‘ka tumani hokimligi, tuman prokuraturasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlarning sovg‘a-salomlari ulashildi.

Bo‘ka tumanida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar tomonidan “Bahor” restoranida mehmonlar uchun bayramona dasturxon tayyorlandi.

Tashrif buyurganlar ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlikdan mamnun ekanliklari, bayramona tadbir ularda juda yaxshi taassurotlar qoldirganligini ta’kidladilar va bu tadbirni uyushtirishda xizmat qilgan barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Manba: fitrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!