Putin xodimlar tanqisligini mehnat muhojirlari hisobidan qoplashni taqiqladi

Putin xodimlar tanqisligini mehnat muhojirlari hisobidan qoplashni taqiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya mehnat bozorida yaqinlashib kelayotgan kadrlar taqchilligini xorijlik past malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga qoplashga yo‘l qo‘yilmasligiga ishora qildi, deya xabar bermoqda Islam News.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda Rossiyada kadrlar va malaka yetishmasligi kutiladi. Bunday kamomadni past malakali mehnat muhojirlari qoplaydigan yondashuvni Putin noto‘g‘ri deb atab, bu muammoni hal qilishda yordam bermasligini ta’kidladi.

"Bizga boshqa yondashuvlar kerak", - dedi Rossiya prezidenti.

Avvalroq ishg‘ol qilingan Qrimda transport, ishlab chiqarish, IT, sport, dam olish va boshqa sohalarda chet el fuqarolarining ishlashi taqiqlangan edi. Shuningdek, Novosibirsk, Samara va Yoqutistonda ham bir qator sohalar mehnat muhojirlari uchun “yopildi”.

Shuningdek, “Krokus Siti Xoll”dagi fojiadan so‘ng rossiyaliklarning 55-60 foizi mehnat muhojirlariga nisbatan “aniq salbiy” fikrga kelgani ma’lum bo‘ldi. Sakkiz oy muqaddam bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!