Putin jang maydonida muvaffaqiyat nimaga bog‘liqligini tushuntirdi

Putin jang maydonida muvaffaqiyat nimaga bog‘liqligini tushuntirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jang maydonida muvaffaqiyat nimaga bog‘liqligini tushuntirdi.

U buni texnologik imkoniyatlar bilan bog‘ladi, deb yozadi «Report» «Kommersant»ga tayanib.

Putin texnologik muammolarni hal etish tezligi va samaradorligi bilan muvaffaqiyatga erishish mumkinligini ta’kidladi: «Rossiya buning uddasidan chiqmoqda».

Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu sohada rivojlanmoqda: «Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar mamlakatda rivojlanayotgan eng muhim sohalardan biridir. Bunday texnologiyalar dronlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi».

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!