“Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi chipta sotuvi dasturini e’lon qildi

“Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi chipta sotuvi dasturini e’lon qildi

2024 yil Fransiya poytaxti Parijda o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi muxlislar uchun mo‘ljallangan chiptalar sotuvi bo‘yicha dastur ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Olimpiya o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun Parijga keladigan xorijiy va mahalliy tomoshabin chiptalar to‘plamini onlayn sotib olish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Haqiqiy ishqibozlar uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni joriy yil 1 dekabrdan kelgusi yil 31 yanvargacha davom etadi.

Muayyan sport turi bo‘yicha bahslarni tomosha qilish imkonini beradigan bir martalik chiptalar 2023 yil may oyida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Paralimpiya o‘yinlari chiptalari savdosi esa 2023 yil kuzda amalga oshiriladi.

“Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi "hamma uchun ochiq", deya e’lon qilgan dastur doirasidagi chiptalar bahosi 24 yevrodan boshlanadi. Ta’kidlanishicha, erkin savdoga chiqariladigan Olimpiada chiptalarining, deyarli, yarmi 50 yevrodan kam narxda sotilishi kutilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!