Pandemiyada yangicha usul! “Kopengagen” futbol maydoniga 10 ming odamni kiritmoqchi

Pandemiyada yangicha usul! “Kopengagen” futbol maydoniga 10 ming odamni kiritmoqchi

Daniyaning "Kopengagen" futbol klubi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar sharoitida stadionga 10,5 ming kishiga kirishga imkon beradigan sxemani ishlab chiqdi, deb xabar beradi tv2.dk.

Materialda ta’kidlanishicha, dushanba kundan mamlakatda cheklovlarni yengillashtirish jarayoni boshlanadi. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen esa tomoshabinlar 500 kishigacha o‘tiradigan o‘yinlarga ruxsat berishni taklif qilmoqda.

“Kopengagen”, o‘z navbatida, stadionni alohida kirish joylariga ega bo‘ladigan hamda ularning har biri 500 kishini sig‘dira oladigan 21 hududga ajratish g‘oyasini ilgari surdi.

“Biz ko‘p sonli tomoshabinlarga dosh bera olamiz. Ammo buni ruxsatsiz amalga oshira olmaymiz. Biz aniq rejalar ishlab chiqdik, ularni siyosatchilarga yubordik. Hozirda sog‘liqni saqlash idoralari hamda polisiya bilan muzokaralar olib boryapmiz”, deydi “Kopengagen” direktori Lars Bo Yeppesen.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!