Ozodlik haykaliga bir ayol chiqib olgach, orolga kelganlar evakuasiya qilindi (video)

Ozodlik haykaliga bir ayol chiqib olgach, orolga kelganlar evakuasiya qilindi (video)

AQShdagi Ozodlik haykali supasiga bir ayol chiqib olganidan keyin, polisiyachilar Ozodlik orolidan sayyohlarni evakuasiya qildi, deb yozadi Forum Daily.

Videoda supaning pastki qismida yotib olgan odamni payqash mumkin. U vaqti-vaqti bilan qimirlab, qo‘lidagi futbolkasini silkitadi yoki qorni bilan yotib olib, oyoqlarini qimirlatadi.

Polisiyachilar zinadan ko‘tarilib, ayol bilan suhbatlashgan, bu paytda esa tashrifchilarni paromda oroldan olib keta boshlashgan.

«Odatda bu hafta (AQSh mustaqillik kuni to‘g‘ri keladigan hafta) biz uchun yilning eng band haftasi hisoblanadi, — dedi Milliy bog‘larni qo‘llab-quvvatlash xizmati vakili Jerri Uillis. — Bu vaqtda orolga kuniga 4000—4500 kishi tashrif buyuradi. Bizda evakuasiya rejasi bor, shu sababli sayyohlar hech qanday ko‘ngilsizliklarga duch kelmadi».

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!