Oltinchi sinf o‘quvchisi kamyob dorini topib, onasini o‘limdan saqlab qoldi (Video)

Oltinchi sinf o‘quvchisi kamyob dorini topib, onasini o‘limdan saqlab qoldi (Video)

Volgogradda oltinchi sinf o‘quvchisi o‘z onasini muqarrar o‘limdan saqlab qoldi, deya xabar berdi "Darakchi" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi og‘ir kasal bo‘lgan va insultni boshidan kechirgan. Ammo ayolning sog‘ayib ketishi uchun dorixonalarda topilmaydigan dori kerak bo‘lgan.

Ayolning oltinchi sinfda o‘qiydigan o‘g‘li butun shahar bo‘ylab yordam so‘rab e’lon yopishtirib chiqqan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va bu oilaga yuzlab odamlar yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilishgan. Natijada esa yirik amaldorlar ham yordamga shoshishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!