Olimlar smartfon miya faoliyati unumdorligiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

Olimlar smartfon miya faoliyati unumdorligiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

Ratger universitetidagi amerikalik olimlar smartfonlar ish yoki o‘qishdan chalg‘ishga yordam bermasligini, aksincha, miyani yanada charchatishini aniqladi, deb xabar beradi«RIA Novosti».

Olimlar 414 nafar talaba ishtirokida eksperiment o‘tkazdi. Ko‘ngillilar tanaffusdan avval va keyin maxsus testlardan o‘tdi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning bir qismi vazifalarni dam olmasdan bajardi.

Qo‘llarida telefon bilan dam olgan talabalarning fahm-idroki tanaffussiz o‘qigan guruhniki bilan deyarli bir xil darajada bo‘lgan.

Umuman olganda, tanaffus paytida smartfondan foydalangan talabalar  topshiriqlarni gajetsiz vaqt o‘tkazganlarga nisbatan 22 foizga yomonroq bajargan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu smartfonni kuzatishdek oddiy harakat ham odamni xabarlarni tekshirish, boshqalar bilan aloqa qilish, yangi ma’lumotni qabul qilish haqida doimiy o‘ylashga majbur qilish bilan bog‘liq.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!