Olimlar insoni sovuqdan asraydigan krem yaratishdi

Olimlar insoni sovuqdan asraydigan krem yaratishdi

Olimlar qattiq sovuqdan himoya qila oladigan krem yaratdilar. U eksperimental sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi.

Sovuq tufayli to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlash buziladi. Tana sovuq qotadi va kasallanadi. Yangi krem esa ana shu salbiy ta’sirlarni kamaytirishi mumkin.

Olimlar hujayralarga kirib, ulardagi suvning muzlashiga yo‘l qo‘ymaydigan dimetil sulfoksid hamda hujayra membranalarini muzdan himoya qiluvchi polivinil spirtidan foydalangandilar. Tadqiqotchilar ushbu moddalarning optimal miqdorini aniqladilar. Natijada, 2 foiz sulfoksid va 1,6 mg / ml membrana hujayralarning 80 foiz omon qolishiga imkon berishi ma’lum bo‘ldi. Ulardan tayyorlangan krem esa SynAFP deb nomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!