Namozda qichqiradigan bola

Namozda qichqiradigan bola

Masjidning imomi aytib berishicha, o‘n yoshlar atrofidagi bir bolakay bor edi. Jamoat namozini kanda qilmas, doim imomning oraqasida, birinchi safda bo‘lardi. Imomning qiroati asnosida u qichqirardi. Xossatan, Fotiha surasining so‘ngida baland ovoz bilan: «Amiiin» derdi. Uning bu qilig‘idan boshqa namozxonlar malollanar edilar. Imom har gal nasihat qilmoqchi bo‘lardi. Ammo u salom berilishi bilanoq, chopib masjiddan chiqib ketardi. Unga yetib olish imkonsiz bo‘lardi. Bir gal imom namoz so‘ngida salom beriboq, orqasiga qarab bolani tutdi-da:

– Nega bunday qilasan? – deb so‘radi.

Bolakayning javobi ajoyib bo‘ldi:

– Uyimiz masjidga yaqin. Otam namoz o‘qimaydilar. Men ovozim mikrofondan ham baland bo‘lishini, otam mening ovozimni eshitib, namoz o‘qiyotganimni bilishlarini, masjidga kelib boshqalar kabi namoz o‘qishlarini xohlayman!

Imom aytadi: «Uning bu gapidan etim jimirlab ketdi. Kichkinagina bolada shunday katta qalb qayerdan paydo bo‘lgan?!».

Imom va o‘sha bolakayning qo‘ni-qo‘shnilaridan bir necha kishi bo‘lib, uning otasiga nasihat qilmoqchi bo‘lib borishibdi. Bo‘lgan voqeani aytib nasihat qilishibdi. Namozning ahamiyatini, uni tark qilganga qanday jazolar borligini eslatishibdi. Imom aytadi: «Allohga qasam, bolaning otasi bu voqeadan so‘ng namozni biror marta ham qoldirmaydigan, barcha farz namozlarni masjidda ado etadigan bo‘ldi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!