Muhammad Salohning model bilan tushgan suratlari tanqidlarga sabab bo‘ldi

Muhammad Salohning model bilan tushgan suratlari tanqidlarga sabab bo‘ldi

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “GQ Magazine - #GQAwards” jurnali uchun taniqli model Alessandro Ambrosio bilan fotosessiyada ishtirok etdi.

Ammo ushbu suratlar misrlik forvardning muxlislariga yoqmadi va bir qancha tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Suratlarning birida Ambrosio Salohning orqasida turib uni quchoqlagani aks etgan. Shuningdek, OAVda fotosessiyadan tayyorlangan video ham tarqalgan. Videoda yulduzlar xursandligini ko‘rish mumkin. Misrdagi ko‘pchilik odamlar musulmon jamiyatida ulg‘aygan va oilali erkak sifatida Salohning bu xatti-harakatlarini noma’qul, deb hisoblashgan.

«Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik», deb izoh qoldirdi “Instagram” foydalanuvchilaridan biri.

Dunyo bo‘ylab o‘n millionlab muxlislarga ega futbolchi hali bu izohlarga javob qaytarganicha yo‘q.

Muxlislar orasida Saloxni oqlovchilar ham bo‘ldi. Ularning aytishicha, Saloh faqatgina Misrda emas, balki butun dunyo miqyosidagi yulduz inson hisoblanadi va uning model bilan tushgan suratlari tanqidiy qabul qilinmasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!