Mirziyoyevning 30 sentyabr kuni qaysi mamlakatga tashrif buyurishi aniq bo‘ldi

Mirziyoyevning 30 sentyabr kuni qaysi mamlakatga tashrif buyurishi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga boradi. Mirziyoyevning Hindistonga ilk tashrifi joriy yilning 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda “Qalampir.uz” manbasi xabar berdi.
 
Ayni damda ayrim hukumat a’zolari Hindistonga otlanib, O‘zbekiston rahbarining tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va imzolanajak hujjatlar ustida so‘nggi muzokaralar o‘tkazilmoqda.
 
Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind va Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi.
 
O‘zbekiston va Hindistonning hamkorlik va do‘stlik aloqalari uzoq tarixga borib taqaladi. Siyosiy, iqtisodiy, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik kun sayin rivojlanib bormoqda.
 
Tashrif davomida ushbu sohalarga oid bir qator hujjatlar imzolanishi, ayniqsa, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida yangi hamkorlik o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!