Masjidul haramdagi nogironlar aravachalari yangilandi

Masjidul haramdagi nogironlar aravachalari yangilandi

Saudiya Arabistoni Ikki muqaddas masjid bosh boshqarmasi Masjidul haromga sakkiz mingta oddiy va elektrda ishlaydigan yangi nogironlar aravachalarini keltirdi.

Saudi Gazette nashrining xabar berishicha, ushbu aravachalar imkoniyati cheklangan ziyoratchilarning harakatlanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida olib kelindi.

Ziyoratchilar aravachalarga Tanaqol deb ataluvchi maxsus mobil ilova orqali buyurtma berishlari mumkin. Foydalanilganidan so‘ng har bir aravacha dezinfeksiya qilinadi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida imkoniyati cheklangan ziyoratchilarga alohida e’tibor bilan munosabatda bo‘linmoqda hamda Makka va Madinada ular uchun qulay sharoitlar yildan-yilga ortmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!