"Mana buni olib qo‘ying": Samarqandda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi

"Mana buni olib qo‘ying": Samarqandda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Kaptiva” rusumli transport vositasini to‘xtatib tekshirgan vaqtida, Toshkent shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, haydovchi M.M. avtomobilni ishonchnomasiz boshqarib kelayotganligini aniqlagan.

Haydovchi M.M.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Ushbu vaqtda haydovchi YPX inspektoriga avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga pora tariqasida 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pullarni taklif qilgan.

YPX inspektori ushbu holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan. 

Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofoza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, haydovchi M.M. avtoturargoh qorovulxonasida YPX inspektoriga 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!