«Malika» savdo majmuasidagi do‘konlar ishlamayapti

«Malika» savdo majmuasidagi do‘konlar ishlamayapti

O‘zbekistonda elektrotexnika jihozlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Toshkentdagi «Fleshka» texnomarkazi – xalq tili bilan aytganda «Malika» bozoridagi do‘konlar bugun, 14 noyabr kuni ishlamayapti.

Do‘konlar ishlamayotgani haqida Telegram’dagi @davletovuz kanali birinchilardan bo‘lib yozdi: «‘Malika’ savdo majmuasida hujjatsiz elektronika vositalarini olib qo‘yishayapti ekan. Majmua bugun yopiq emish».

«Terabayt.uz» sayti texnomarkazdagi aksariyat do‘konlar faoliyatini to‘xtatib turganini tasdiqladi. Nashr u yerda Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilib, bugun xaridlar uchun «Malika»ga bormaslikni tavsiya etdi.

Savdo majmuasi nima uchun ishlamayotgani haqida hozircha biror rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!