Maktabda ishlovchi pensionerlarga 100 foiz pensiya to‘lanishi rejalashtirilmoqda

Maktabda ishlovchi pensionerlarga 100 foiz pensiya to‘lanishi rejalashtirilmoqda

2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limi muassasalarida ishlovchi pensioner xodimlarga to‘liq miqdorda pensiya to‘lash taklif etilmoqda. Bu Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Prezidentning «Xalq ta’limi tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasiga kiritilgan, deb xabar bermoqda «Norma».

Hujjatda yuqori toifali mutaxassislar uchun xalq ta’limi muassasalari jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish nazarda tutilgan. 

Shu paytdan e’tiboran umumta’lim muassasalari rahbarlarini pullik xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan qo‘shimcha daromadlarning 10 foizigacha miqdorida moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!