Magomed Kurbanov Virjil Ortis - Tim Szyu jangi uchun zaxira varianti bo‘lishga tayyor

Magomed Kurbanov Virjil Ortis - Tim Szyu jangi uchun zaxira varianti bo‘lishga tayyor

RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi bokschisi Magomed Kurbanov Isroil Madrimov bilan bir oqshomda jang qilish istagini bildirdi.

Rossiyalik bokschi 3 avgust kungi oqshomdan o‘rin olgan Tim Szyu - Virjil Ortis jangi uchun zaxira jangchisi bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

"Men zaxira jangchisi bo‘lishga tayyorman! Turki Al ash-Sheyx, Eddi Xirn, RCC Boxing, DAZN, buni bilib qo‘yganingiz yaxshi. Agar Ortis yoki Szyu qandaydir sabab bilan jangga chiqa olmasa, men ringga ko‘tarilishga tayyor bo‘laman! Menda viza bor, faqat qachon yo‘lga chiqishimni aytsanglar bo‘lgani", — deya Kurbanovning so‘zlarini keltirmoqda RCC Boxing Promotions matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Magomed Kurbanov so‘nggi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovga texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!